Kontent qismiga oʻtish

Ubay ibn Ka’b

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Tufayl (Abu Munzir) Ubay ibn Kaʼb ibn Qays ibn Ubayd ibn Zayd ibn Muoviya ibn Amr ibn Molik ibn NajjorMuhammad huzuridagi vahiy yozuvchi kotiblaridan biri bo‘lgan. Manbalarda Ubay ibn Kaʼb vahiyni yozishdan oldin ham, keyin ham Payg‘ambarga o‘qib berar, u kishi, agar xato bo‘lmasa, yozishga ruxsat berardi, deyiladi. Umar ibn Xattob Ubay ibn Kaʼbni „Musulmonlar sayyidi“ deb nomlagan. Ushbu sahoba ikki Aqaba bay’atida ham qatnashgan, Badr va undan keyingi barcha g‘azotlarda ishtirok etgan. U kishidan 164ta hadis rivoyat qilingan. Muhammad u kishidan Qurʼon qiroatini o‘tkazgan. Anas ibn Molik rivoyat qiladi:

"Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ubay ibn Kaʼbga: „Alloh taolo menga sen qiroat qilib berishingni aytdi“, dedilar. „Alloh mening ismimni zikr qildimi?“, dedi u. U zot: „Ha“, dedilar. Shunda Ubay ibn Kaʼb yig‘lab yubordi" (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).

Ubay ibn Kaʼb har sakkiz kunda Qur’onni xatm qilib turgan va oyatlarning nozik nuqtalarigacha yaxshi tushungan. Sahoba hijriy 22-yili, baʼzi rivoyatlarda 30-yilida vafot etgani aytilgan[1].

  1. „Убай ибн Каъб“. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.