Kontent qismiga oʻtish

Shvetsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Swedendan yoʻnaltirildi)
Shvetsiya Qirolligi
Konungariket Sverige
ShiorFör Sverige i tiden
(Shvedcha: Shvetsiya uchun - Vaqtlar bilan)
Madhiya: Civil: Du gamla, Du fria
Location of Shvetsiya
Poytaxt Stokgolm
Rasmiy til(lar) Shved tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
• Rohib
Qirol Karl XVI Gustaf
Ulf kristersson
Mustaqillik
Maydon
• Butun
449,964 km2 (55-oʻrin)
• Suv (%)
8.7
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
10.56533 (83-oʻrin)
• Zichlik 20/km2
YIM (XQT) 2024-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$765,300 mil. (27-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$55,805
Pul birligi Swedish Krona (SEK)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SW
Telefon prefiksi 46
Internet domeni .se

Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) – Shimoliy Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlinadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Shvetsiya Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻtadil mintaqa shimolida joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Shvetsiya hududining 9% koʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.

Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til – shved tili. Dindorlari – xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo.

Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya Finlandiyani bosib oldi (1809-yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397-yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523-yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809-yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975-yilgacha amalda boʻldi). 1814-yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905-yil shahridan ajralib chiqdi). Birinchi jahon urushi (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291-yillarda va 1994-yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan olgan va 1992-yil 8-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30-aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6-iyun – Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Carl XVI Gustaf

Soʻl partiya, 1917-yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895-yil tashkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi („Koʻkatparvarlar“) yoki „Milyepartiyet“, 1981-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Shvetsiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889-yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 1904-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964-yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898-yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Xoʻjaligi va sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya intensiv qishloq xoʻjaligiga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil etadi.

Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping.

Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, shimoliy bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.

Transportida temir yoʻl uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya, Finlandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – shved kronasi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. shahrida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg universiteti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika universiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shimoliy muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Arbetet“ („Mehnat“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aftonbladet“ („Kechki gazeta“, kundalik kechki gazeta, 1830-yildan), „Vi“ („Biz“, haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jurnal, 1913-yildan), „Gyotebergsposten“ („Gyoteborg pochtasi“, kundalik gazeta, 1858-yildan), „Dagens nyuxeter“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazeta, 1864-yildan), „Kvellsposten“ („Kechki pochta“, kundalik kechki gazeta, 1948-yildan), „Metallarbetaren“ („Metallurg“, haftalik jurnal, 1888-yildan), „Svenska dagbladet“ („Shvetsiya haftalik gazetasi“, kundalik gazeta, 1884-yildan), „Syudsvenska dagbladet snellposten“ („Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi“, kundalik gazeta, 1848-yildan), „Ekspressen“ („Ekspress“, kundalik kechki gazeta, 1944-yildan). Shvetsiya telegraf byurosi 1921-yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993-yil tashkil etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi.

Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardir. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu. Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu. Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E. G. Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, „Fritof haqida doston“ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida K.Yu. L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu. A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg, Ya. Bergman, P. S. Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P. F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini P. A. Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye. Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo. Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.

11 –12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13–15-asrlarda gotika uslubida ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641–71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la Valle va boshqalar; birja, 1767–76, meʼmorlar K.Yu. Krunstedt va boshqalar; ikkalasi ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg, K. Bergsten). Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924–27, meʼmor Ye. G.Asplund), neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911–23, meʼmor R. Estberg) yoʻnalishlari, funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951–55, meʼmorlar S.Markelius va boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari, meʼmorlar Ya. Geyer, S. Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik inshootlar: „VennerGren“ ilmiy markazi binosi (1959–61, meʼmorlar S.Lindstryom, A. Byuden), teleminora (1964–67, meʼmorlar X. Borgstryom, B. Lindros; ikkalasi ham Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X. Klemming, E. Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing).

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr – mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu. T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K. G. Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.

Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar – skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526-yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu. X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771-yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940-yildan Oliy musiqa maktabi, 1971-yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F. A. Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye. Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K. M. Atterberg, yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari ishlaydi.

Shved professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682-yil dramaturg Urban Yernening Upsala universiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779-yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788-yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu. A.Strindber ijodi tufayli Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissor va aktyor Yu. Lindberg va rejissor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907-yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissor P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi „Lorensberg teatr“, Stokgolmdagi „Teatr Ekman“ va „Vasateatr“ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme.

1897-yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907-yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir qancha filmlar yaratildi („Tirye Vigen“, 1916; „Togʻlik Eyven va uning rafiqasi“, 1917; „Ingmar oʻgʻillari“, 1918; hammasining rejissor V.Shyostrem). 20–30 yillarda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi („Oʻt alanga oladi“, 1943, rejissor G.Mulander; „Janobi oliylari“, 1944, rejissor X.Ekman). Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rejissorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi („Masxarabozlar oqshomi“, 1953; „Koʻzgudagidek“, „Daxldor“ va „Sukut“ trilogiyasi, 1961–63; „Kuzgi sonata“, 1980; „Fanni va Aleksandr“, 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan („Oddiygina ona“, 1949; „Fryoken Yuliya“, 1951; „Soʻnggisi oʻyindan chiqadi“, 1956). 60–70-yillarda rejissorlar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar („Odalen31“, 1969; „Jo Xill“, 1971; ikkalasining rejissor B.Viderberg; „Mana sening hayoting“, 1967; „Muhojirlar“, 1970; „Yangi yer“, 1972; hammasining rejissor Ya. Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissorlar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning „Qonli davr“ filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963-yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965-yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.

Oʻzbekiston – Shvetsiya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]