Kontent qismiga oʻtish

Stratigrafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stratigrafiya (lotincha: stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan togʻ jinslarining stratigrafik yigʻindisini tadqiq qiladi. Yer organik dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi choʻkindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibini aniqlash oʻrganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda oʻxshashligini belgilashda ahamiyatga ega (qarang Biostratigrafiya). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxronologiya bilan uzviy bogʻliq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni ajratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini oʻzaro qiyoslashdir. S. yordamida Yer poʻstining geologik rivojlanish tarixini tiklash mumkin; choʻkindi formatsiyalar shakllanishining vaqti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik haritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ishlab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, prinsip va uslublariga 20-asrda juda koʻp ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va baʼzi bir kridalariga 17— 19-asrlardayoq Daniya, Angliya, Fransiya va Germaniya olimlari tomonidan asos solingan. Daniyalik olim N. Steno (1638— 86) togʻ jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini aniqladi. 19-asr 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchison va A. Sedjvik, fransuz J. Kyuvye va boshqalarning tadqiqotlari S. ni yanada rivojlantirdi. 18-asr oxirlarida Gʻarbiy Yevropada Yer poʻstini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hozirgi paleozoy yotqiziqlari), ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga boʻlish qabul qilingan. Dastlabki ikki termin tezda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 1759-yil italiyalik geolog Arduino taklif qilgan uchinchi termin hozirgi ham qoʻllanadi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829-yil eng yangi boʻsh yotqiziqlarni fransuz geologi J. Denuaye toʻrtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan ajratdi [q. Toʻrtlamchi sistema (davr)]. 19-asrning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va Yer tarixida ularning izchilligi (ketma-ketligi) belgilanib, umumiy boʻlinmalari qabul kili idi va avval ajratilgan sistemalar, boʻlimlar qayd kilindi. 1900-yil fransuz geologi E. Renevye fakat sistema boʻlimlarinigina emas, balki yarus boʻlimlarini ham oʻz ichiga olgan yigʻma, "xronofaf"ni taklif etdi. Umumiy stratigrafik shkala 20-asr oʻrtalarida Yer taraqqiyotining eng kad. boskichlari intensiv ravishda oʻrganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tugʻildi. S.da qatlamlanishning izchilligi haqidagi qonun asosiy oʻrin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda yotganda har bir ostki qatlam ustki qatlamga nisbatan qadimiyroqsir. Bu qonundan istisno hollar faqat tektonik deformatsiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina kuzatiladi va bunda qatlamlar toʻntarilgan holatda ham yotishi mumkin. Oʻtgan geologik davrlar xavzalarida qavatlangan togʻ jinslari qatlamlari muayyan izchillikda yotadi, bu qatlamlarni oʻrganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi paleontologik metod boʻlib, u Yer organik dunyosining takrorlanmaydigan progressiv tarakqiyotiga asoslangan. Paleontologik metod paleoekologik maʼlumotlar hisobga olingan taqdirdagina qoʻllanishi mumkin. Qazilma organizmlarning barcha guruxlari stratigrafik korrelyasiya maqsadlarida foydalaniladi. Juda koʻp miqdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan ajralib turadi, bu analiz fanerozoy barcha boʻlinmalarining choʻkindi qatlamlari yoshini aniklashda qoʻllanadi. Tokembriyning ancha qad. yotkiziklarida hayvonlar qoldigʻi nihoyatda kam, koʻkyashil suvoʻtlarning hayot faoliyati izlari koʻplab uchraydi, ulardan 1960y.larda yuqori tokembriyning karbonat qatlamlarini boʻlish va korrelyasiya kilishda muvaffaqiyatli foydalanildi. Ancha qad. yotqiziklarni oʻrganishda choʻkindi va magmatik togʻ jinslaridagi turli elementlar (K, V, R)ning radioaktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli yetakchi ahamiyatga ega. Choʻkindi jinslarning izotop yoshiga oid maʼlumotlar juda kam. Aniklashning rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qoʻllanadi. Koʻrsatilgan metodlar yordamida chukindi qatlamlarga kirib qolgan turli intruziv togʻ jinslari yoshi haqidagi ancha toʻliq maʼlumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, choʻkindi va vulkanogen qatlamlarni korrelyasiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik usullaridan foydalaniladi. Korrelyasiyaning barcha metodlarini koʻllash natijasida butun Yer shari uchun umumiy yigʻma stratigrafik boʻlinmalar sistemasi belgilandi. S. regional geologik tadqiqotlarda asos boʻlib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va razvedka ishlari yoʻnalishini aniqlashga yordam beradi. Stratifafik kesmani batafsil oʻrganmay turib geologik haritalar tuzish mumkin emas. S.ning metodlari — biostratifafik, litologik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni tiklashdan iborat.

Koʻpgina biotik oʻzgarishlar (koʻplab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilligining haddan tez koʻpayishi, yangi turlarning paydo boʻlishi)ga evolyusion oʻzgarishlar bilan birga turli xil abiotik omillar (okean havzasining kengayishi yoki qisqarishi, okean sathining koʻtarshshbpasayishi, iqlim va yashash muhitining oʻzgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi oʻzgarishlar hamda kosmik xrdisalar)ning ham taʼsiri katta. Oʻziga xos farq qiluvchi shunday oʻzgarishlar izini Yerning geologik tarixida Xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha boʻlinmalari chegaralarida uchratilgan. Oʻzbekistonda qoʻllanadigan stratigrafik birliklar shkalasi baʼzi bir boʻlim va yaruslarni boʻlinishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz farqlanadi. Oʻzbekistonning stratigrafik tuzilishini oʻrganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T. A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va boshqalarlar hissa qoʻshgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkalaning umumiy va mahalliy boʻlinmalari stratigrafik kodeks qoidalari sistemasi asosida ajratiladi. Geologik vaqtni oʻlchashning etaloni qilib umumiy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2Xalqaro geologik kongress Bolonye, 1881-yil). 20-asrning oʻrtalarida unga qoʻshimcha qilib stratigrafik shkalaning ancha yirik boʻlinmasi — zon mobaynida shakllangan eonotema kiritilgan; era mobaynida shakllangan yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishlatilgan "guruh" termini, "eratema" termini bilan almashtiriddi. Stratigrafik boʻlinmalarning har biri Yerning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik dunyosiga muvofiq keladi; ular barcha materiklarda va 1970y.larda oʻtkazilgan burgʻilash ishlari koʻrsatganidek, okean botiklarida ham aniqlandi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va Dunyo okeani bilan bogʻliq boʻlmagan (mas, Kora dengiz—Kaspiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari asosida ajratilgan yarus va zona uchun toʻgʻri boʻladi. Agar yarus va zonalarning stratotipi qilib ochiq okean havzalarining kesimlari olinsa, bu boʻlinmalarni butun Yer shari boʻylab kuzatish mumkin. Antropogen (yoki toʻrtlamchi) sistema uchun boʻlinmalarning paleoiqlim maʼlumotlariga asoslangan, ularning oʻzaro bogʻlikligini aks ettiruvchi oʻz shkalasi taklif qilingan. Mavjud maʼlumotlarning koʻrsatishicha, geologik boʻlimlar, yarus va zonalar tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvivalent boʻlgan protosistema va protoerotemalar — fitemalar toʻgʻrisida gapirish toʻgʻriroq boʻladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning boʻlim, yarus va zonalarini hamma yerda ham istalgandek aniklab boʻlmaydi va kesimlar tuzilishining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun koʻp rayonlarda stratifafik tasnifning asosi boʻlib, mahalliy stratigrafik kichik boʻlimlar xizmat qiladi; agar ular paleontologik asosga ega boʻlsa va yoʻnalish boʻyicha oʻz tarkibini sezilarli oʻzgartirgan yotqizikdarni oʻz ichiga olsa, unda gorizontlarga (taxminan oʻlchami boʻyicha yarus va kichik yaruslarga mos keladigan va lonalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy boʻlinmalarni ajratishda togʻ jinslari litologik tarkibining oʻziga xos xususiyati yetakchilik qilsa, bunday holatda litostratigrafik boʻlinma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro stratigrafik shkala 2000-yilda Braziliyada oʻtgan 31-Xalqaro geologik kongressda qabul qilingan.

  • Abduazimova 3. M.,Abdullayev N. R., O mejdunarodnoy stratigraficheskoy shkale, T., 2000; Stepanov D. L., Mesejnikov M. S, Obhaya stratigrafiya (Prinsipi i metodi stratigraficheskix issledovaniy), L., 1979.

Zoya Abduazimova.