Kontent qismiga oʻtish

Parkour

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parkour (talaffuzi: parkur fransuzcha: parcours fransuzcha: parcours du combatant soʻzlaridan qisqartma, maʼnosi – masofa, toʻsiqlar chizigʻi) – toʻsiqlarni tez yengib oʻtishdan iborat distsiplina. Parkour Fransiyada David Belle va Sebastien Foucan tomonidan asoslangan. Oʻz ichida alohida falsafa (dunyoqarash), gimnastika, yengil atletika, kurash sanʼatlari va bildering (devorlardan oshish)ni mujassamlashtiradi. Parkour bilan shugʻullanuvchi odamlar treyserlar (fransuzcha: traceur) deb ataladi.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parkour – bu kerakli paytda qoʻl keladigan tanani boshqarish koʻnikmalarining majmuasidir. Treyserlar ishlatadigan asosiy faktorlar: kuch va uning ilovasi – shaharning maʼlum bir nuqtasiga boshqalardan koʻra tezroq yetib borish. Parkourning shiori – „aslida chegaralar yoʻq, faqat toʻsiqlar mavjud“. Parkour – bu hayotning va shaharda harakatlanishning falsafasi.

Parkour qandydir yordamchi vositalar yoki qurollarni qoʻllashga oʻrgatmaydi, balki „shu yerda va hozir“ sharoitida oʻzini tutishga oʻrgatadi. Daraxtlar, devorlar, tomlar – treyserning odatiy toʻsiqlari. Reaksiya, sharoitni va oʻzining imkoniyatlarini baholay olish hususiyatlari juda muhim. Masofani yengib oʻtishda yordamchi elementlar boʻlib devorlardagi teshiklar, boʻrtiqlar va hokazolar hizmat qiladi.

Parkour bilan shugʻullanish uchun inson bir qator distsiplinalarda rivojlanishi kerak. Avvalo, oʻzligini anglashi, tana bilan ruh orasida monandlik hosil qilishi, hozirgi imkoniyatlarini baholashi va oʻzining kamchiliklari, qoʻrquvlari bilan kurashishi kerak. Ruhni tarbiyalashning aʼlo usuli bu yakka kurashlardir. Shahar boʻylab koʻchish koʻnikmalarini rivojlantirishda yengil atletika, choʻqqilarni yengish, gimnastika yordam beradi.

Elementlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:IMG 0136copy.jpg
Fayl:FaTaLiTy (Crzy Drop).jpg

Drop – balandlikdan sakrash, joyidan yoki cat leap pozitsiyasidan bajariladi. Yiqilishni faqat oyoqlar, yoki oyoqlar va qoʻllar (yoki bir qoʻl bilan) amortizatsiyalash mumkin.

Spring jump – qandaydir toʻsiqdan unga tegmasdan oshib oʻtish. Masalan buta yoki mashina ustidan uchib oʻtish. Koʻpincha yugurib kelib bajariladi. Oshishda greb, qaychi yoki boshqa fintlar qoʻllanishi mumkin. Balandlik va masofaga qarab bir yoki oyoqqa pastga tushiladi.

Up from down jump – roll bilan tuguvchi yuqori balandlikdan sakrash. Dropdan farqli oyoqlarga tushadigan ogʻirlik ancha kamroq, ammo pastga tushish uchun birinchidan oldinga harakatlanish, ikkinchidan rollni toʻgʻri bajarish kerak. Bu asosiy elementlarni toʻgʻri bajara oladigan treyser oyoqlariga lat yetkizmay yuqori balandlikdan pastga sakray oladi. Koʻp hollarda roll – katta masofalarga sakrashga yagona imkoniyatdir.

Blind jump – „Spring jump“ning bir turi, ammo uning oʻziga hos hususiyati shundaki, treyser yerga tushish nuqtasini koʻrmaydi. Asosiysi – uchish paytida hech narsaga tegib ketmaslik, yerga tushishni oldindan hisoblab chiqishi va hech qayerini qayiltirib olmaslik.

Gap jump – „Blind“ kabi „Sping“ning bir koʻrinishi. Farq shundaki, yengib oʻtiladigan toʻsiq – bu gap, yaʼni balandlikdagi katta masofa. Bu hunar joydan ham, yugurib kelib ham bajariladi. Oshib oʻtishga chiroy kiritish uchun greb yoki qaychilar qoʻllanadi. Oʻrinliki, gap bir vaqtning oʻzida blind ham boʻla olishi mumkin.

Accuracy – aniqlik (uzoqlik, samaradorlik)ka qaratilgan sakrash. Qandaydir katta boʻlmagan obyektga (masalan, zina panjarasi yoki parapet), joyidan turib bajariladi. Baʼzan pastga tushishda obyekt quchoqqa olinadi yoki unga qoʻl bilan tekkiziladi, bu muvozanatni taʼminlaydi.

Running accuracy – yugurib kelib bajariladigan accuracy.

Accuracy 360 – Accuracyning oʻzi, ammo oyoqlardan itarilgandan soʻng, havoda oʻz oʻqi atrofida 360 gradusga aylantiriladi.

Turn precision – tor obyekt ustida sakrash bilan aylanib, muvozanatni ushlab qolish. 180 va 360 gradusda bajariladi.

Fly roll – bu sakrashdan keyin tana yerga parallel holda choʻziladi, pastga tushish esa – roll. (Balandlikka, uzoqlikka yoki uncha baland boʻlmagan toʻsiqlarga nisbatan qilinadi).

Fly wheel – uzoq masofalarga sakraladigan gʻildirak. Samaradorligi boʻyicha „Fly Roll“ni almashtirishi mumkin. Tehnikasi tarafidan „rondat“ning oʻzi, sakrash bir oyoqdan bajariladi, treyser qoʻllari bilan yerga tegmasdan iloji boricha uzoqroqqa uchib oʻtishga harakat qiladi. Pastga tushayotganda qoʻllar yerga qoʻyiladi va treyser inersiya hisobiga qoʻllaridan oyoqlariga turib oladi.

Vaultlar (Tayanchli sakrashlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]