Kontent qismiga oʻtish

Odessa

Koordinatalari: 46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E / 46.46667; 30.73333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odessa

ukraincha: Одеса
shahar
Skyline of Odesa
Odesa
Bayroq
Odesa
Gerb
46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E / 46.46667; 30.73333
Mamlakat Ukraina
viloyat Odessa viloyati
Hukumat
 • shahar boshi Oleg Brindak[1]
Asos solingan 1794
Avvalgi nomlari Xajibey
Qachondan beri shahar 1794
Maydon 2,369 km2 (915 kv mi)
Markazi balandligi 50 m
Aholisi
 (2014)
1,017,000[2]
Zichligi 4287,7 kishi/km2
Milliy tarkib 62 % ukrainlar, 29 % ruslar
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi 48(2)
Pochta indeks(lar)i 65000 — 65480
Odesa xaritada
Odesa
Odesa

Odessa (ukraincha: Одеса) — Ukrainaning Odessa viloyati markazi. Ukrainaning yirik sanoat, madaniyat, ilmiy va kurort markazlaridan biri. Qora dengizning shimoli-gʻarbiy sohilidagi port. Shosse va temir yoʻl tuguni. Aholisi 1,017,000 kishi (2014). Shahar 4 tumanga boʻlingan.

Odessa oʻrnida 15-asrda turklarning "Xajibey" qalʼasi boʻlgan. Uni ruslar egallab, 1793-yil oʻzlarining janubidagi tayanch punktiga aylantirgan. 1794-yildan shahar[3], 1795-yildan rasmiy ravishda Odessa nomini oldi[4]. 1941—44 yillarda Odessani nemis fashistlari egallab turdi. Shahar 1944-yil 10-aprelda ozod qilindi. 1965-yil Odessaga qahramonshahar faxriy unvoni berildi.

Shaharning markaziy qismida A. E. Rishelye haykali va Potyomkin zinasi joylashgan klassik binolar ansambli bor (1826—41). Klassitsizm uslubida qurilgan Voronsov, Pototskiy, Narishkina saroylari, eski birja, gospital, Odessa atrofi va uning chekkalarida — iqlimiy va bal-neobalchiq kurortlar (Arkadiya, Luzanovka va boshqalar) mavjud. Odessada tarixiy voqealar bilan bogʻliq joy koʻp.

Odessada mashinasozlik (stanoksozlik, yuk-transport, sovitkich, tibbiy, savdo, poligrafiya va boshqa asbob-uskunalar, agregatlar, hisoblash mashinalari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (jut, toʻqimachilik va boshqalar) sanoat korxonalari bor. Poʻlat prokat ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odessa — yirik dengiz porti. Havo liniyalari orqali yirik shaharlar bilan bogʻlangan. Odessada Antarktika kit ovlash flotiliyasi bazasi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), Ukraina Fanlar Akademiyasining Janubiy ilmiy markazi, 7 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), arxeologiya, badiiy, A. S. Pushkin nomidagi, adabiy-memorial muzeylari, sirk, filarmoniya, konservatoriya, kinostudiya bor.[5]

Odessaning milliy tarkibi
2001-yil, ming kishi[6]

Ukrainlar 622,9 (61,6 %)
Ruslar 292,0 (29,0 %)
Bolgarlar 13,3 (1,3 %)
Yahudiylar 12,4 (1,2 %)
Moldavanlar 7,6 (0,7 %)
Beloruslar 6,4 (0,6 %)
Armanlar 4,4 (0,4 %)
Polyaklar 2,1 (0,2 %)
Jami 1010,3 (100,0 %)

2001-yil Ukraina aholi sanogʻida Odessa aholisi 1,029,049 kishini tashkil qildi (shulardan — 480,341 nafari erkaklar yoki 47 % va 548,708 nafari ayollar yoki 53 %)[7], doimiy aholisi — 1 010 298 kishi. Odessa — anʼanaviy koʻp millatli shahar hisoblanadi. Shaharda oʻndan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi.[8].

Odessadagi tartibsizliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 2-may kunida Odessa shahrida roʻy bergan qurolli toʻqnashuvlarda 37 odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam yaralandi[9]. Halok boʻlganlarning aksari rossiyaparastlar ekani aytiladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Putin qurbonlarni yaqinlariga hamdardlik bildirgan va bu fojeada Kiyev rahbariyatini ayblagan. Ukraina politsiyasiga koʻra, tartibsizliklarga aloqadorlikda gumonlanib, 130 odam hibsga olingan. Jinoyat kodeksining „Qasddan odam oʻldirish“, „jamoatchilik tartibini buzish“, „davlat idoralarini ishgʻol etish“ kabi oʻndan ziyod moddasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻotilgan. Rossiya rahbariyati Odessadagi oʻnlab odam oʻlimiga sabab boʻlgan hodisalarda Kiyev va gʻarb hukumatlarini aybladi[10].

  1. Одесса получила "временного" мэра - Горсовет принял отставку Костусева - LB.ua
  2. „Чисельність наявного населення на 1 листопада 2013 року (наличное население на 01.11.2013)“ (укр). Управление статистики в Одесской области. 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2013-05-15 sanasida arxivlangan)
  3. „Родилась ли Одесса 2 сентября 1794-го?“. 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  4. Одесса в XIX—XX вв., 2014-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 16 (yordam)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. „Данные Всеукраинской переписи населения 2001а в Одесской области“. 2009-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  7. Численность населения Одессы по Всеукраинской переписи населения 2001
  8. Почему одесские армяне учат украинские песни?
  9. Одессадаги тартибсизликлар ва ёнғин қурбонлари сони 46 нафарга етди, 2014-05-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04
  10. Odessadagi toʻqnashuv