Kontent qismiga oʻtish

Nanay

Koordinatalari: 41°30′48″N 71°42′11″E / 41.51333°N 71.70306°E / 41.51333; 71.70306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nanay
ruscha: Нанай
Shaharcha
41°30′48″N 71°42′11″E / 41.51333°N 71.70306°E / 41.51333; 71.70306
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Yangiqoʻrgʻon tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Nanay ruscha: Нанай xaritada
Nanay ruscha: Нанай
Nanay
ruscha: Нанай

Nanay (ruscha: Нанай) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.[1]

Vodiyning eng shimolida joylashgan


Nanay qishlogʻi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy Mesopotamiyaliklar va mamlakatimizda yashagan zardushtiylar unumdorlik ilohini Nanay deb atashgan. Ayni paytda qadimgi Soʻgʻdliklar ham yetishtirilgan moʻl hosilni Nanidat ya'ni Nanay ehsoni sifatida qabul qilganlar.

54- sonli maktab

"... 1365-yilda Chinoz yaqinida boʻlib oʻtgan "jangi loy"dan soʻng aholining bir qismi Chotqol etaklari, Qurama togʻlari osha hozirgi Nanay qishlogʻiga kelib joylashgan. Namangan ueed boshligʻi, bir necha yil Nanay qishlogʻida yashagan Nalivkin ham keyinchalik,  chorva mollarini boqish uchun Boʻstonliqning Nanay qishlogʻidan 100 uylik xonadon ham koʻchib kelganligini yozib qoldirgan". Yuqoridagilardan ma'lum boʻlishicha, hozirgi Toshkent viloyatining Nanay, Zarkent qishloqlari aholisi bilan bugungi Namangan viloyatining Nanay, Zarkent qishloqlari aholisi yaqin qon-qarindoshlik munosabatlarida boʻlganlar. Shuningdek har ikki viloyat qishloqlari Chotqol,  Qurama togʻlari orasidan oʻtgan togʻ soʻqmoq yoʻllari orqali savdo qilishgan, mol ayriboshlashgan, qiz olib, qiz berishgan.

54-sonli maktab

"Boboyaxsiz" qabristoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rivoyat qilishlaricha Boboyaxsiz ota sohibkaromat, avliyo kishi boʻlgan. Avliyo ota sovuq qish kunlarida och qolgan xalqni bisotidagi bir bosh qoramolini soʻyib mehmon qilgan. Atrofda qor, hamma yoq muzlagan, oʻtin yoʻq. Boboyaxsiz muzlardan gulxan yoqib, goʻsht pishirib, ochlarni toʻydiradi. Avliyo ota mehmonlardan goʻshtni yeb boʻlgach suyaklarni qoramol terisi ustiga toʻplashni soʻraydi. Barcha suyaklar toʻplangach "Ha jonivor, turaqol endi" deganlaridan soʻng teri va suyaklar yana qoramolga aylanib, yurib ketgan. Bobo Yaxsiz soʻzi "muzni eritgan, muzda gulxan yoqqan" ma'nolarini anglatadi. Boboyaxsiz ota vafotlaridan soʻng qabrlari oddiy, dabdabasiz boʻlishini istaganlar. Avliyo ota qabri ustiga bir necha bor maqbara tiklangan. Biroq qabr silkinib, har gal qabr ustiga tiklangan maqbara toshlarini sochib yuboravergan.

Nanayda ko'pkari
O'ng'ora tog'i etagida.

Uyqudagi goʻzal

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nanay qishlogʻida qadim zamonlarda sarkash zardushtiy qabilalar yashagan. Ular asosan chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlganlar,  ayni paytda hunarmandchilik ham asosiy mashgʻulotlardan biri boʻlgan. Nanayliklarning boy badavlat hayotiga xasad qilgan koʻchmanchi qabilalar bu yurtga egalik qilish uchun bostirib keladilar. Mohir jangchi boʻlgan nanayliklar oʻz yurtlarini mardona himoya qiladilar. Biroq dushman qoʻshinlari son jihatdan ustun boʻlganliklari sabab gʻalaba qozonadilar. Nanay qabilasi sardorining qizigina bir necha dugonalari bilan omon qoladi. Dushman sarkardasi zardushtiy malikani zoʻrlik bilan oʻz nikohiga olmoqchi boʻladi. Sarkash malika dugonalari bilan qurollanib togʻ bagʻridagi gʻorga yashirinadi. Malikani olib kelish uchun yuborilgan dushman askarlari gʻordan qaytib chiqmaydilar. Bu ahvol bir necha marta takrorlanadi. Shundan soʻng dushman sarkardasi gʻorga kirish joyini togʻ toshlari bilan berkitib tashlaydi... Oradan yillar oʻtib, togʻ choʻqqisida "uyqudagi goʻzal" paydo boʻladi.

Nanay turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘i hozirda bir vaqtning o‘zida 2500 sayyohni qabul qila oladi. 2025 yilgacha qishloqda turizm uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda. Turizm va madaniy meros vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bu – viloyat hokimining 2023–2024-yillarda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, Nanay qishlog‘i bir vaqtning o‘zida 2500 nafar sayyohni qabul qila oladi. Shundan 150 ta uy mehmonxonasi 1500 nafar sayyohga, boshqa dam olish maskanlari esa 1000 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

“Ayni damda Nanay qishlog‘ida qo‘shimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida ekstremal turizm, sport va otda sayr xizmati, 10 ta ovqatlanish shoxobchasi, 10 dan ortiq savdo nuqtasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, qishloqda 150 dan ortiq oilaviy mehmon uyi, 20 taga yaqin gastronomik xonadon, shuningdek, hunarmand (uy) faoliyati yo‘lga qo‘yish hamda infratuzilmalarni yaxshilash belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, Nanay turizm qishlog‘ida 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2023-2024 yillarda hunarmandchilik markazi, 2023–2025 yillarda esa selfi hududlari, 7 ta avtoturargoh, 10 ta yirik dam olish maskanlari qurilishi ko‘zda tutilgan.