Matbua Ahmedova
Qiyofa
Matbua Amirsaidovna Ahmedova (14-yanvar 1933-yil; Toshkent) — faylasuf olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), falsafa fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva davlat universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1955). Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlarida falsafa, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar tarixidan dars bergan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1985). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (1985–1987). Toshkent sharqshunoslik institutida kafedra mudiri (1994-yildan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston va umuman Oʻrta Osiyoning 20-asrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini falsafiy baholashga bagʻishlangan. As: Osnovi filosofii (soavt.), T., 1998.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |