Hazrati Bashir maqbarasi
Hazrati Bashir maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Hazrati Bashir ota maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | maqbara |
Joylashuvi | Bashir mahallasi |
Manzili | Kitob tumani |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°16′16″N 67°06′04″E / 39.270991°N 67.101079°E |
Egasi | Davlat mulki |
Hazrati Bashir maqbarasi — Oʻzbekistonda joylashgan madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt XVIII asrda bunyod etilgan. Hazrati Bashir maqbarasi Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi „Bashir“ mahallasi Bashir qishlogʻida joy olgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga koʻra, Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) davlat mulki hisoblanadi.
„Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara asli ismi Sayyid Ahmad boʻlgan shaxs bilan aloqador. Mazkur inson xalq orasida Bashir yoki Beshir ota nomlari bilan mashxur boʻlgan. Bashir (yoki beshir) soʻzi sut ichmagan degan maʼnoni anglatadi.
Hazrati Sulton Said Axmad Bashir (1368—1464) rivoyatlarga koʻra otasi Xoʻja Xasan 90 yosh, onasi Bibi Maloxat 80 yoshlik vaqtida dunyoga kelgan farzand hisoblanadi. Bu oʻgʻildan soʻng ular yana 2 ta farzand koʻrishadi va Said Axmad ona sutini ichmay ulgʻayadi. Uning tugʻilishini Amir Temurning piri mir Said Barakaning ukasi Said Neʼmatulloxning duosi bilan ham bogʻlaydilar. Said Axmad Bashir „Miri Haqiqat“ laqabi bilan mashxur boʻladi. U Oʻrta Osiyoda Naqshbandiya taʼlimoti keng yoyilayotgan bir vaqtda Xoʻja Ahmad Yassaviy tariqatiga qiziqish bildiradi.
Hazrat Bashir ota huzuriga koʻplab davlatlardan musulmonlar kelib, unga shogirt tushadilar. Ota taxminan 1464-yilda vafot etgach, Bashir qishlogʻidagi Niyoztepaga dafn etiladi[3].
Uning qabri archa koʻkargan tepalikda, oʻziga uy qilib olgan joyda boʻladi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbaradagi Hazrati Bashir ota sagʻanasi ustida ustalar tomonidan sandiqqa oʻxshab ishlangan yodgorlik oʻrnatilgan. Maqbaraga Bashir otaning ikki oʻgʻli va bir ximatkori ham dafn etilgan. Shuningdek maqbarada asli moʻgʻul podshohi Mirzo Sayyid Ahmad Jamoliddinga tegishli deb hisoblaniladigan qabr toshi ham mavjud[4].
Maqbara turli bezaklarsiz, rangsiz, oddiy gʻishtin holatda barpo etilgan. Maqbara ikki qavatdan tarkib topgan. Maqbaraga yaqin joyda Hazrati Bashir ota yashagan hujra ham joylashgan.
Hazrati Bashir ota masjidi qurilishi munosabati bilan qabr chap tomonga koʻchirilib, hozirgi joyiga keltirib qoʻyilgan.
1943-yilda maqbara va masjid hududi qarovsiz qoldirilgan. Ziyoratgoh hududida joylashgan madrasa gʻishtlari tashib ketilgan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ „Hazrati Bashir ziyoratgohi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Kitob tumanidagi Hazrati Bashir maqbarasi“. O'zbekiston tarixi. Qaraldi: 08-2023.