Gain
Son Ga-in | |
---|---|
Ga in 2013-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Son Ga-in 20-sentyabr 1987 |
Janrlar | K-pop |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Veb-sayt | http://mystic89.net/artist/gain |
Son Ga-in (koreyscha: 손가인; 1987-yil 20-sentyabrda tugʻilgan), Gain mononim nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa boʻlib, Janubiy Koreyaning Brown Eyed Girls qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan. 2006-yil boshida oʻz guruhida debyut qilgan Gain 2010-yil oktyabr oyida oʻzining yakkaxon debyutini Step 2/4 mini-albomi bilan amalga oshirib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va shundan soʻng jami oltita mini-albomlar chiqargan. Uning musiqiy faoliyatiga qoʻshimcha ravishda, qoʻshiqchi bir nechta mahalliy dasturlar va seriallarda, xususan, We Got Married va All My Love filmlarida ham ishtirok etgan. Filmlarda u 2AM guruhi aʼzosi Jo Kwon bilan birga suratga tushgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Son Ga-In Janubiy Koreyaning mashhur Letʼs Coke Play realiti-shousi uchun sahna jarayonidagi ijrolari paytida eʼtiborga olingan. Unga bastakor Ahn Jung-hoon murojaat qilgan va Brown Eyed Girls kompaniyasida tinglovdan oʻtib, guruhga qoʻshilgan. Toʻrt aʼzo 2006-yilda Brown Eyed Girls sifatida rasman debyut qilishdan oldin bir nechta kichik shoularda ishtirok etishdi.[1] Oʻsha yili u SG Wannabe guruhi sardori Kim Yong-jun bilan Must Have Love duetini ijro etgan, bu uning Rojdestvo mavsumida birinchi raqamli xitiga aylangan.
Guruhdagi faoliyatidan tashqari, u 4Minute guruhining Hyuna, After School guruhining Uee va KARAning Han Seung-yeon aʼzolari bilan 4Tomorrow nomli hamkorlik loyihasidagi chiqishidan boshlab yakkaxon faoliyati bilan shugʻullangan.
Filmografiyasi va televideniye ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gain 2009-yil sentyabr oyidan boshlab We Got Married (Biz turmush qurdik) dasturida 2AM aʼzosi Jo Kwon bilan birga chiqish qilgan. Ularning virtual nikohi 2011-yilning yanvarida 15 oydan keyin tugagan. U MBC telekanalining All My Love sitkomida aktrisalik debyutini qilgan. U ayol bosh roldagi Hwan Geum-ji obrazini, Jo Kwon esa uning kichik egizak ukasi Hwang Ok-yop rolini ijro etgan. Biroq, jadvaldagi ziddiyatlar tufayli uning sitkomdagi ishtiroki 2011-yil may oyida tugatilgan. 2013-yilda u Ha Ji-won va Kan Ye-won bilan birga The Huntresses filmining uchta asosiy ayol qahramonlaridan biriga aylangan. U, shuningdek, 2015-yilda JTBC telekanalining Going to School koʻrsatuvida Shinee guruhidan Taemin va Red Velvet guruhidan Seulgi kabi boshqa sevimli qoʻshiqchilar bilan birga ishtirok etgan.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gain diskografiyasi | |
---|---|
Mini-albomlari | 5 |
Singllari | 13 |
Hamkorlikdagi singl | 8 |
Mini-albom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nom | Albom tafsilotlari | Peak Chart | Sotuvlar | |
---|---|---|---|---|
KOR [2] |
US World [3] | |||
Step 2/4 |
|
2 | — |
|
Talk About S |
|
2 | — |
|
Romantic Spring |
|
3 | — |
|
Truth or Dare |
|
6 | — |
|
Hawwah |
|
5 | 9 |
|
End Again |
|
5 | — |
|
Singl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nom | Yil | Peak Chart | Sotuvlar | Albom | |
---|---|---|---|---|---|
KOR Gaon [4] |
KOR Hot 100 [5] | ||||
"Must Have Love" | 2006 | — | — | nomaʼlum | Must Have Love (Singl albom) |
"Must Have Friends" | |||||
"Tomorrow" | 2009 | albomsiz singl | |||
"Irreversible (돌이킬 수 없는)" | 2010 | 1 |
|
Step 2/4 | |
"Bad Temper" | 11 | nomaʼlum | albomsiz singl | ||
"Bloom (피어나)" | 2012 | 2 | 2 |
|
Talk About S |
"Nostalgia (노스텔지아)" | 13 | 14 |
|
albomsiz singl | |
"Brunch" (Cho Hyung-woo bilan) |
2013 | 19 | 36 |
|
Romantic Spring |
"Fxxk U" | 2014 | 3 | 2 |
|
Truth or Dare |
"Truth or Dare (진실 혹은 대담)" | 8 | 7 |
| ||
"A Tempo" | 22 | 29 |
|
albomsiz singl | |
"Apple" | 2015 | 2 | — |
|
Hawwah |
"Paradise Lost" | 6 |
| |||
"When The Twelve Oʻclock (열두 시가 되면)" | 24 |
|
When The Twelve Oʻclock | ||
"Carnival (The Last Day)" | 2016 | 40 |
|
End Again | |
"Pray" | 2017 | 82 | — | albomsiz singl | |
"Kiss or Kill" | — | Missing 9 OST | |||
"Set Me Free" | 2019 | — | VIP OST |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Brown Eyed Girls and ZE:A talk about the history of their group names“. Allkpop.com (9-may 2010-yil). 12-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2012-yil.
- ↑ „Gaon Album Chart“. Gaon Chart. Korea Music Content Industry Association. 26-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.
- ↑ „Billboard World Albums Chart“. Billboard. 16-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2015-yil.
- ↑ „Gaon Digital Chart“. Gaon Chart. Korea Music Content Industry Association. 9-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.
- ↑ „Korea K-Pop Hot 100“. Billboard. 9-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.