Farxod Zayniyev
Farhod Nuritdinovich Zayniyev | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2020-yil | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-iyun 1981-yil Qarshi, OʻzSSR, SSSR. |
Farhod Nuritdinovich Zayniyev(1981-yil 30-iyun, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va huquqshunos, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farhod Zayniyev 1981-yil 30-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Millati oʻzbek.
2001—2002-yillarda Oʻzsanoatqurilishbank tezkor boshqaruv boʻlimining mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan[1].
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston milliy bankida Bank boʻlimlarini boshqarish markazi Agrosanoat kompleksida ishlarni muvofiqlashtirish va maqsadli mablagʻlar monitoringi booʻimi 1-toifali mutaxassisi.
2009—2016-yillarda Naqd pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimining boshqaruvchisi boʻlgan[2].
2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining Qashqadaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimini egallagan.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining aʼzosi boʻldi. Sanoat, qurilish va savdo boʻyicha komissiya aʼzosi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
- ↑ „Миллий тикланиш“ (ru). mt.uz. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.(Wayback Machine saytida 2021-04-18 sanasida arxivlangan)