Kontent qismiga oʻtish

Bunker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunker (nemischa: bunker ):

  1. materiallar (qum, shagʻal, sement, don, kumir, ruda)ni qisqa muddat saqlash yoki tashishga muljallangan idish. Bunker poʻlat, temirbeton yoki yogochdan piramida yoki konus shaklida yasaladi. Bunkerlarning pastki toraygan qismida materialni toʻkish uchun maxsus qopqogʻi boʻladi. Bunkerlarga yuk transportyor va koʻtarma transport mashinalari yordamida ortiladi. Baʼzan vagon yoki avtomashinada keltirilgan materiallar toʻgʻridantoʻgʻri Bunkerga agʻdariladi;
  2. quruq yuk tashiydigan kemalarda yonilgʻi uchun ajratilgan joy;
  3. paxta terish mashinasining paxta yigʻadigan agʻdarma qismi;
  4. Bunkerpoyezd — shaxtalarda togʻ massasini uzluksiz yuklash, tashish va boʻshatish uchun muljallangan relsli transport vositasi;
  5. kombaynda — oʻrib-yanchilgan don qoplarga toʻkiladigan yashik (voronka); elevatorda — don solib turiladigan yashik (voronka).
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil