Berd
Berd (armancha: Բերդ)—Armanistonning Tavush viloyati Berd munitsipalitetidagi shaharcha va shahar munitsipalitet hisoblanib, shahar Tavush daryosining gʻarbida, Yerevandan 211 kilometr (131 milya) uzoqlikda joylashgan, past togʻlar bilan oʻralgan. Shahar yaqinida Tavush qalasi (10-asr) va Nor Varagavank va Xoranashat monastirlari (12-asr) xarobalari joylashgan orin. Yaqin atrofdagi boshqa monastirlarga Shxmuradi, Srveghi va Kaptavank kiradi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berd (arman. բերդ)—qal’a yoki qasr maʼnosini bildiradi. Kichkina shahar Berd nomini oldi, chunki Tavush qalasi xarobalari Berdning chekkasida joylashgan edi[1]. Shahar ilgari Berdagʻugʻ, Gammaʼ, Tavuzgʻala, Tauzkend, Volorut, Shlorut va Gʻalakyand deb atalgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixdan, hozirgi Berd hududi Buyuk Armanistonning 12 provenciyasi Utikning Tuchkatak okrugi tarkibiga kirgan.
Berdning tarixiy maʼnosi ham bor boʻlib, chunki 10-asrda u Armaniston shohi Ashot Yerkatning (Iron) qarorgohi boʻlgan. Shuningdek, qala oʻzining yangi ishlab chiqilgan suv taʼminoti tizimi bilan ham noyob edi[1].
Shahar 2020 yilgi Armaniston Ozarbayjon toʻqnashuvi paytida bombardimon qilingan.
Aholi soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 7,957 kishi boʻlgan.
Aholisining asosini armanlar tashkil etadi. Lekin shaharchada 200 ga yaqin udis istiqomat qiladi, ular ham Avliyo Arman cherkoviga tegishli.
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berd shahri va uning atrofidagi hududlar Armanistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yirik markaz hisoblanadi. Atrofdagi xoʻjaliklarda meva, tamaki va boshqa turli xil ekinlar yetishtiriladi. Berdning boshqa mashhur tarmoqlaridan biri bu vinochilik, asalarichilik va chorvachilikni oʻz ichiga oladi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Tavush qalasi
-
Berd yaqinidagi Mariam Mayr Vank
-
Berd shahrining koʻrinishi
-
Berd yaqinidagi Xoranashot monastiri
-
Berd atrofidagi manzara
-
Mashtots koʻchasi