Antroponimika
Antroponimika (antropo … va yun. opuma — nom) — onomastikaning boʻlimi. Odamlar ismini, ularning tarqalgani, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qoʻllanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini oʻrganadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab, nisba va shax-sni atashlikning turli usullari ham A. tadqiqot manbaidir. Mas, Sohibqiron Amir Temur Taragʻay Bahodir Koʻragoniy. Bunda faqat Temur shaxsning xos ismi, Amir — hukmdorlik darajasini an-glatadi, Sohibqiron — Temurga zamon-doshlari tomonidan berilgan sifat (asr, davr sohibi degan maʼnoni bildiradi), Taragʻay — otasining ismi (familiya hisoblanadi), Bahodir — otasining laqabi, Koʻragon — xonga kuyovlik nisbasi. Dunyodagi turli xalqlarda turlicha antroponimik tizim mavjud boʻlgan. Masalan, Qad. Rimda har bir erkak xos ismi oldidan keladigan nomga — avloddan av-lodga oʻtadigan urugʻ nomiga ega boʻlgan, bu urugʻning shajarasini tavsiflagan. Hozirgi Ispaniya va Portugaliyada bir kishi bir necha xos (katolik cherkovi roʻyxatidan olinadigan) ismga, otasi va onasining familiyasiga ega boʻlishi mumkin. Islan-diyada har bir kishi, bir necha xos ismga 566(cheklangan roʻyxatdan olingan) va fa-miliya oʻrnida otasining ismidan hosil boʻlgan nomga ega boʻladi. Xitoy, Koreya, Vetnamda kishi nomi bir boʻgʻinli fa-miliyadan (turli davrda ular 100 dan 400 gacha boʻlgan) va xos (odatda ikkita bir boʻgʻinli morfemadan tashkil topgan) ismga ega boʻladi, xos ismlar miqdori cheklanmaydi. A. tizimida kipokoristi-ka (erkalatib, kichrayti-rib atash — mas, Laziz(jon), Dilobar(xon), Homid(cha), Ahmad(cha) va hokazo) alohida oʻrin tutadi. A. maʼlumotlari tilshunoslikning boshqa sohalari uchun, jamiyatshunoslik-da, xalqlar tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Ernst Begmatov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |