Antiperistaltika
Antiperistaltika (anti… va yun. peristaltikos – ichakdagi suyuqlikni suradigan kuch) – qiziloʻngach, meʼda va ichaklarning pastdan qisqarishi. Odatda ovqat moddalari, suyuqlik ogʻiz boʻshligʻidan halqum, qiziloʻngachning yuqoridan pastga qarab boʻgʻimma-boʻgʻim qisqarishi tufayli meʼdaga, soʻngra ichakka yoʻnaladi. Bunda hazm aʼzolari devoridagi halqasimon silliq muskullar yuqoridan pastga qarab navbat bilan qisqarsa, uzunasiga joylashgan muskullar esa qisqarib ichak boʻshligʻini kengaytirib, chayqaltiradi. Sifatsiz ovqat isteʼmol qilinganda halqasimon muskullar, aksincha, pastdan yuqoriga – ogʻiz boʻshligʻiga qarab qisqaradi. Uzunasiga joylashgan muskullar esa boʻshashadi. Natijada ichakdagi ovqat yuqoriga – ogʻiz bushligʻi tomon yoʻnalib, qusish jarayoni vujudga keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |