Aga Buryatlari muxtor okrugi
Aga Buryatlari muxtor okrugi — Rossiya Federatsiyasining Chita viloyati tarkibidagi muxtor okrug. 1937-yil 26-sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 19 ming km². Aholisi 79 ming kishi (1993). Okrug tarkibida 3 maʼmuriy tuman, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Aginskoye shaharchasi. Tabiati. Aga Buryatlari muxtor okrugi okrugi Sharqiy Bayka-lortining janubida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa parallel holda Cherskiy, Dauriya, Mogoytuy (okrugning eng baland nuqtasi — Alxanay choʻqqisi, 1663 m) tizmalari choʻzilgan. Janubda 700 — 800 m balandlikdagi Onon boʻyi tekisligi bor. Iqlimi keskin kontinental, moʻtadil. Yoz issiq, iyulninig oʻrtacha temperaturasi gʻarbda 16°, janubi-sharqda 18°. Qish sovuq, bulutsiz kunlar koʻp, qor kam, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 22° dan — 24’ gacha. Yiliga janubi-sharqda 300 mm lan gʻarbda 400 mm gacha yogin yogʻadi. Bahor va yozning boshlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor qoplami 3 — 6 sm. Vegetatsiya davri gʻarbida 90 kundan 150 kungacha. Daryolari kamsuv. Okrugning janubiy va sharqiy chegarasidan Onon daryosi, oʻzidan esa Ononning Ileya va Aga irmoqlari oqib oʻtadi. Janubiy da kichik koʻllar bor. Gʻarbidagi togʻlarda podzollashgan va kulrang tuproqlar, tekisliklarda karbonatli kashtan va qoratuproqlar tarqalgan. Pasttekisliklarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Okrug hudining 30% oʻrmon. Aholisi. Aga Buryatlari muxtor okrugi okrugining asosiy aholisi buryatlar va ruslar; shuningdek ukrainlar, tatarlar va 6. yashaydi. Shahar aholisi 33%. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 4,2 kishi. Xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi muhim rol oʻynaydi. Okrug hududining 2Gʻ5 qismi dasht yaylovlari va pichanzorlardan iborat. Aga Buryatlari muxtor okrugida mayin junli yaylov qoʻychiligi, goʻsht-sut chorvachiligi, yilqichilik (okrugning janubi-sharqida) rivojlangan. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy, suli, arpa va yem-xashak ekinlari ekiladi. Sanoati asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydi. Oryol kon-boyitish kombinati va Aginskoye yogʻ zavodi bor. Oʻrmon sanoati Ara, Ilya, Duldurga, Aginskoyeda rivojlangan. Okrugning sharqiy qismini temir yoʻl kesib oʻtgan. Argaley, Aginskoye, Mogoy-tuy va Sugol orqali avtomobil yoʻli oʻtadi. Okrugning gʻarbiy qismida Darasun — Duldurga — Xapcheranga avtomobil yoʻli bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |