Kontent qismiga oʻtish

Soslan Tigiyev: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Shaxsiyat
{{Shaxsiyat
|ismi = Soslan Vaznoyevich Tigiyev
|ismi = Soslan Vaznoyevich Tigiyev [[File:Soslan Tigiev.JPG|thumb| ]]
|asl ismi = Тыджыты Вазнойы фырт Сослан
|asl ismi = Тыджыты Вазнойы фырт Сослан
|portret = [[File:Soslan Tigiev.JPG|thumb| ]]
|portret =
|eni =
|eni =
|tavsif = [[kurash]]chi
|tavsif = [[kurash]]chi

2012-yil 9-noyabr, 05:45 dagi koʻrinishi

Soslan Vaznoyevich Tigiyev
Fayl:Soslan Tigiev.JPG
Тыджыты Вазнойы фырт Сослан
Tavalludi 12-oktyabr 1983-yil (1983-10-12) (41 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston va Rossiya

Soslan Vaznoyevich Tigiyev (oset. Тыджыты Вазнойы фырт Сослан; 1983-yil 12-oktabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida tug'ilgan) - osetiyalik erkin kurashchi, musobaqalarda O'zbekiston nomidan ishtirok etadi, erkin kurash bo'yicha Jahon kubogi sohibi, 2008-yili Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadalarining kumush va bronza medallari egasi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Biografiyasi

1983-yil 12-oktabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida, Tigiyevlar oilasida, egizak akasi Batraz bilan birga tug'ilgan. Egizaklar yoshligidan harakatchan bo'lishgan va onasi ularni bir yildan beri bolakaylarning akasi - Taymuraz shug'ullanayotgan erkin kurash to'garagiga topshirishga qaror qilgan. 1998-yili Batraz Moskvadagi Butunjahon o'smirlar o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritadi, biroq bu Batraz uchun sportdagi birinchi va oxirgi sovrin bo'lib qoladi - jarohat sabab u faoliyatini erta yakunlaydi. 2006-2010 yy. - Shimoliy Osetiya davlat Agrar universitetida tahsil oldi.

Sport faoliyati

Soslanning faoliyati nisbatan yaxshi kechadi. U 2005-yildan beri O'zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib keladi. Shu yili Uxanda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni oladi.

  • 2006-yil Ukraina davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 1-oʻrin, Rossiya Federatsiyasi davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 3-oʻrinlarni egallagan.

2006-yili esa Guangchjouda bo'lib o'tgan jahon chempionati va Dohada bo'lib o'tgan Osiyo oʻyinlarida bronza medallarni qo'lga kiritadi. Shu yili, Toshkent shahrida oʻtkazilgan „Mustaqillik Kubogi“ xalqaro turnirida 3-oʻrinlarni egallagan.

  • 2007-yili Krasnoyarskda bo'lib o'tgan jahon chempionatida birinchi o'rinni qo'lga kiritadi.
  • 2008-yil Shveysariya davlatida oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Fayl:Soslan Tigiev in Olympic Games-2008.JPG
Soslan Tigiev 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o'yini finalida

2008-yili Pekinda bo'lib o'tgan Olimpada o'yinlarida kumush medal egasiga aylanadi.

  • 2009-yili esa Bokuda o'tkazigan "Golden Grand Prix" musobaqasi g'olibiga aylandi. 2012-yili esa Londonda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlari bronza medal egasiga aylandi.

2008-yil avgust oyida Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan XXIX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etib 2- oʻrin.

Mukofotlari

  • 2006-yildan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
  • 2008-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni.
  • 2012-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Diskvalifikatsiya

7-noyabr kuni Associated Press axborot agentligi ikkita manbaga asoslanib, Soslan Tigiyevning organizmidan taqiqlangan metilgeksanamin moddasi topilgani va 2012-yilgi London Olimpiadasi medalidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatdi.[1] Shu kuni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ushbu xabarni tasdiqladi.[2]

Manbalar

  1. Ўзбекистонлик Олимпиада совриндорининг организмидан тақиқланган модда топилди, Kun.uz, 2012-yil 7-noyabr.
  2. Сослан Тигиев расман Олимпиада-2012 медалидан маҳрум қилинди, Kun.uz, 2012-yil 8-noyabr.