Kobul xalqaro aeroporti (IATA: KBLICAO: OAKB) – Afgʻoniston poytaxti Kobul shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Shaharning shimoliy qismida joylashgan. Yuzdan ortiq harbiy va fuqarolik samolyotlarini qabul qila oladi. Hozirda BAAning GAAC Holding kompaniyasi hamda Afgʻoniston Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi tomonidan boshqarilmoqda[1].

Kobul xalqaro aeroporti
pushtucha: د کابل نړیوال هوايي ډګر
dariycha: میدان هوائی بین المللی کابل
Aeroportda turgan samolyotlar, 2012-yil yanvar
IATA kodi: KBLICAO kodi: OAKB
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi
Operator GAAC Holding[1]
Xizmat doirasi Kobul
Joylashuvi Kobul, Afgʻoniston
Havo yoʻli tuguni * Ariana Airlines
Qurilgan 1960 (64 yil avval) (1960)[2]
Dengiz sathidan balandligi  m / 5 877 ft
Koordinatalari 34°33′57″N 069°12′47″E / 34.56583°N 69.21306°E / 34.56583; 69.21306
Vebsayti kia.gov.af
Xaritas
2015-yil AQSh Harbiy-havo kuchlari tomonidan chizilgan aeroport diagrammasi
2015-yil AQSh Harbiy-havo kuchlari tomonidan chizilgan aeroport diagrammasi
KBL/OAKB (Afgʻoniston)
KBL/OAKB
Aeroportning Afgʻoniston xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
11/29 3 511 11,519 Asfalt
Manba: AIP Afgʻoniston[3]

Aeroport dastlab qurilgan hududi nomi bilan Xoʻja Ravosh aeroporti deb nomlangan. 1960-yil Sovet Ittifoqi tomonidan terminal va beton uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilgandan keyin Kobul aeroporti deb atalgan. 2014—2021-yillarda sobiq prezident Hamid Karzay sharafiga Hamid Karzay xalqaro aeroporti deb nomlangan[4][5]. Tolibon hokimyat tepasiga kelgach, aeroport nomi Kobul xalqaro aeroporti deb oʻzgartirilgan[5].

Dengiz sathidan taxminan 1,791 metr (5,876 ft) balandlikda joylashgan aeroport Hindukush togʻlari bilan oʻralgan[6]. Ariana Airlines va Kam Air aviakompaniyalari uchun aviahab vazifasini bajaradi. Air Arabia, Flydubai va Turkish Airlines kabi xalqaro aviakompaniyalar ham yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatadi[7].

Aeroport ikkita alohida terminalga ega: biri xalqaro, ikkinchisi mahalliy reyslar uchun moʻljallangan. Hududida ilgari AQSh Qurolli kuchlari va NATOning Xalqaro xavfsizlik yordam kchlari (ISAF), keyinchalik „Qatʼiy qoʻllab-quvvatlash missiyasi“ tomonidan foydalanilgan harbiy bazalar bor. Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari ham aeroportda oʻz bazasiga ega boʻlgan[8], yoʻlovchilar terminallarida xavfsizlikni Afgʻoniston Milliy xavfsizlik kuchlari taʼminlagan.

2021-yil AQSh boshchiligidagi kuchlar mamlakatni tark etgunicha Eron, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Oʻzbekiston hamba Fors koʻrfazi mintaqasiga muntazam reyslar amalga oshirilgan. Aeroportdan eng koʻp qatnov yoʻnalishi BAAning Dubay shahri boʻlgan va kamida toʻrt aviakompaniya bu yoʻnalishda bir nechta kunlik reyslarni amalga oshirgan[9][10].

Kobulga yaqin boshqa yirik aeroportlar sirasiga qoʻshni Parvon viloyatidagi Bagram aviabazasi, sharqda Nangarhor viloyatidagi Jalolobod aeroporti, janubi-sharqda Xost viloyatidagi Xost xalqaro aeroporti hamda shimoli-gʻarbda Bomiyon viloyatidagi Bomiyon aeroporti kiradi.

Tarixi

tahrir
 
Avro 504 – Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari foydalangan ilk samolyot[11].
 
Aeroport tasvirlangan 1968-yilgi afgʻon pochta markasi

Kobul aeroporti 1920-yillarda Omonullaxon davrida qurilgan boʻlib, Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari hamda Afgʻoniston pochtasi samolyotlariga xizmat koʻrsatgan. 1960-yil sovet muhandislari tomonidan modernizatsiya qilingan[2]. Aeroport Xoʻja Ravosh hududida qurilgani sababli mahalliy aholi uni Xoʻja Ravosh aeroporti deb atagan[12][13]. Xorijiy sayyohlar Afgʻonistonga Kobul aeroporti orqali kela boshlagan. 1978-yilgi Savr inqilobi va ayniqsa, 1979-yilda Sovet Ittifoqining ishgʻolidan soʻng chet ellik sayyohlar tashrifi toʻxtagan[14].

1979—1989-yillardagi sovet-afgʻon urushida sovetlar tomonidan, Muhammad Najibulloh prezidentligi davrida harbiylar tomonidan foydalanilgan. Aeroport nazorati 1992-yildan keyin fuqarolar urushi davrida turli tomonlar oʻrtasida almashgan. 1996-yil noyabrdan 2001-yil oxiriga qadar Afgʻoniston Islom Amirligini boshqargan Mulla Muhammad Umar aeroportga egalik qilgan. Umar boshchiligidagi tolibon kuchlari 2001-yil oxirida AQShning Afgʻonistonni ishgʻol qilishi ortidan shaharni tark etgan. Tolibon hukumati davridagi xalqaro sanksiyalar ortidan 1990-yillar oxirida aeroport yopilgan va cheklangan miqdorda xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatgan[manba kerak].

11-sentyabrdagi terror xurujlari ortidan AQShning Afgʻonistonga bostirib kirishi natijasida Kobul aeroporti AQSh va ittifoqchi kuchlar tomonidan bombardimon qilingan. ISAF nazoratni oʻz qoʻliga olgach, yillar davomida aeroport asta-sekin rivojlantirila boshlandi. 2005-yilda yangi radar tizimi oʻrnatildi va 2010-yilda tizim AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi tomonidan yangilandi[15].

 
Sovetlar qurgan mahalliy terminal, 2008-yil

2008-yil noyabr oyida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koʻmagida qurilgan xalqaro reyslarga moʻljallangan 35 million dollarlik yangi terminal ochiladi. Bu terminalda ikkita teletrap bor. Ochilish marosimida Afgʻonistonning oʻsha paytdagi prezidenti Hamid Karzay ishtirok etgan[16]. Yangi terminal 2009-yil iyun oyida rasman xalqaro reyslar uchun xizmat koʻrsata boshlaydi. Mavjud terminal esa qayta taʼmirlanib, mahalliy reyslar uchun moʻljallanadi.

2010-yildan boshlab yoʻlovchilar soni yiliga 100 000 ni yoki kuniga 300 ni tashkil qilgan[manba kerak]. 2012-yil boshida radar tizimi Afgʻonistonning butun havo hududini qamrab oladigan darajada yangilandi.

2014-yil oktyabr oyida Afgʻoniston Milliy shoʻrosi xizmatlari va mamlakatni qayta qurishga qoʻshgan hissasini eʼtirof etib, Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay nomini aeroportga berishni taklif qiladi. Ushbu qaror yangi prezident Ashraf Gʻani hukumati tomonidan maʼqullangan va aeroport nomi Hamid Karzay xalqaro aeroporti deb oʻzgartirilgan[4].

Shimoliy tomon garnizoni – Kobul aeroporti majmuasi 2008-yil oktyabr oyida qurib bitkazilgan va AQSh Qurolli kuchlariga topshirilgan. Bu majmua Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari (AAF) uchun qoʻmondonlik inshootlarini oʻz ichiga oladi va turar joy, maʼmuriy, operatsion, texnik xizmat koʻrsatish va dam olish inshootlari bilan jihozlangan. Loyihaga ikkita yangi angar majmuasi, yangi taksi yoʻlagi va panduslar kiradi. Bu joy Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlarining bosh qarorgohi va asosiy bazasi (1- yoki 201-eskadriliya) sifatida xizmat qiladi. Birinchi angar inshooti 2008-yil yanvar oyida AAFga topshirilgan, ikkinchi angar esa oʻsha yili qurib bitkazilgan[manba kerak].

Infratuzilmasi

tahrir
 
Aeroportda turgan Ariana Afghan Airlines samolyotlari, 2007-yil
 
Aeroportning boshqaruv minorasi va Kam Air samolyoti, 2010-yil

Aeroportning ikkita terminali bor: 1960-yil ochilgan dastlabkisi va 2008-yilda ochilgan yangirogʻi. 2008-yil ochilgan terminal xalqaro parvozlar uchun, 1960-yil sovetlar qurgan terminal esa mahalliy parvozlar uchun xizmat koʻrsatadi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻylab bir nechta angarlar harbiy samolyotlar uchun moʻljallangan. Fuqarolik yoki tranzit samolyotlari uchun angarlar yoʻq. Aeroportda yettita vertolyot maydonchasi boʻlib, ular asosan harbiylar tomonidan foydalaniladi[manba kerak]. Yongʻin oʻchirish uskunasi hozirgi vaqtda 12,000 litre (2,600 imp gal; 3,200 US gal) suv sigʻimiga ega va yongʻin oʻchoqlarini soʻndirish uchun balandligi 90 metr (300 ft) gacha yetadi[17].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Air Arabia Sharja
Ariana Afghan Airlines Anqara, Dehli[18], Dubay–Xalqaro, Hirot, Islomobod, Istanbul, Jidda, Mashhad, Mozori-Sharif, Moskva–Sheremetyevo, Qandahor, Tehron–Imom Xumayniy, Urumchi[19]
flydubai Dubay–Xalqaro
Kam Air[20] Abu-Dabi, Anqara, Ar-Riyod, Dehli, Dubay–Xalqaro, Hirot, Islomobod, Istanbul[21], Jidda, Mashhad, Mozori-Sharif, Tehron–Imom Xumayniy[22], Toshkent, Qandahor, Xost[23]
Kish Air Mashhad
Turkish Airlines Istanbul[24][25]
Yazd Airways Tehron–Imom Xumayniy[26]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mohammad Yunus Yawar.. „Taliban to sign contract with UAE's GAAC Holding over airspace control at Afghan airports“. Reuters (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Smith, Harvey Henry. Area Handbook for Afghanistan, fourth, Washington, D.C.: U.S. Government Printing Office, 1969 — 35-bet. „The Kabul airport, completed in 1960.... The airport and the terminal building were constructed and financed by the Soviet Union.“ 
  3. AIP Afghanistan - Important Information (Wayback Machine saytida 2016-06-17 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 „Cabinet names Kabul Airport after Karzai“. Pajhwok Afghan News (2014-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  5. 5,0 5,1 Gannon, Kathy; Knickmeyer, Ellen; Watson, Julie; Condon, Bernard „Flight takes about 200, including Americans, out of Kabul“. Associated Press (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  6. „For Pilots, Kabul Evacuations a Flight Like No Other“. Voice of America (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  7. „Turkish Airlines Resumes Flights to Afghanistan Nearly 3 Years After the Taliban Captured Kabul“. Associated Press. U.S. News & World Report (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  8. „Super Tucano in Service in U.S. Air Force“. dialogo-americas.com. 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  9. „OAKB - Hamid Karzai International Air Airport | SkyVector“. skyvector.com. Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.
  10. „OAKB/Hamid Karzai International Kabul General Airport Information“. acukwik.com. Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.
  11. „The First 30 Years of Aviation in Afghanistan“. artiklar.z-bok.se. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  12. Central Asia. University of Peshawar, 1979 — 17-bet. 
  13. Daily Report, Foreign Radio Broadcasts: Issues 160-161. Central Intelligence Agency, 1962 — 22-bet. 
  14. Abdul Wassay Najimi „Tourism in Afghaniatan“, . Tourism Planning and Development in South Asia. Centre for Agriculture and Bioscience International, 2021 — 65-bet. ISBN 9781789246698. 
  15. „Press Releases 2010 - Embassy of the United States Kabul, Afghanistan“. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  16. „Karzai opens Kabul air terminal“. BBC News (2008-yil 6-noyabr).
  17. Zada, Ahmad Shah Ghani. „Kabul Airport to be provided with modern equipments“ (2011-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  18. https://m.facebook.com/188946317906665/posts/2472818822852725/?d=n Andoza:User-generated source
  19. „Afghanistan reopens direct flight to China with Kabul-Urumqi service“. South China Morning Post (2023-yil 28-may). Qaraldi: 2023-yil 23-noyabr.
  20. „Kam Air route map“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  21. Kam Air Routes/
  22. „KAM AIR BEGINS TEHRAN SERVICE FROM MID-OCT 2022“. Aeroroutes (2022-yil 11-noyabr).
  23. „Kam Air Adds Khost – Dubai From June 2024“. AeroRoutes (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.
  24. „Turkish Airlines resumes flights to Afghanistan after three year hiatus“. Ariana News (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  25. „Turkish Airlines Resumes Flights to Kabul After Nearly Three Years“. TOLOnews (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  26. „Yazd Air launches new routes from Tehran to Afghan cities“ (2024-yil yanvar).

Havolalar

tahrir